
Loyiha menejmenti tizimida sifatni boshqarish jarayonlarining samaradorligi ko‘p jihatdan xalqaro va korporativ standartlarning to‘g‘ri hamda moslashuvchan qo‘llanishiga bog‘liqdir. Ushbu tezisda ISO 9001, ISO 10006, PMBOK, PRINCE2 va Agile metodologiyalari doirasida sifatni rejalashtirish, sifat kafolati hamda sifat nazorati jarayonlarida standart talablarining namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda standartlarning loyiha hayot sikli bosqichlariga integratsiyasi, manfaatdor tomonlar kutuvlari bilan uyg‘unligi, sifat metrikalarini shakllantirish va defektlarni kamaytirishdagi institutsional roli asoslab beriladi. Shuningdek, an’anaviy va moslashuvchan boshqaruv muhitlarida standartlardan foydalanishning amaliy farqlari yoritilib, loyiha natijalarining barqarorligi va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
