
Ushbu maqolada tibbiyot fizikasi fanining muhim bo‘limlaridan biri bo‘lgan ekspozitsion doza mavzusini oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda ekspozitsion doza tushunchasining fizik mohiyati, uning birliklari, o‘lchash usullari hamda radiatsion xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada an’anaviy o‘qitish usullari bilan bir qatorda muammoli ta’lim va interfaol pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali mavzuni chuqur va samarali o‘zlashtirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Xususan, real tibbiy diagnostika jarayonlariga asoslangan muammoli vaziyatlar yordamida talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ekspozitsion doza mavzusini muammoli ta’lim metodlari asosida o‘qitish talabalarning mantiqiy fikrlashini, tahliliy yondashuvini va radiatsion xavfsizlikka nisbatan mas’uliyatini oshiradi. Ushbu metodika bo‘lajak tibbiyot fiziklari va radiolog mutaxassislarini tayyorlash jarayonida ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
