
Maqolada klinik tafakkur tushunchasining nazariy mohiyati hamda uning kognitiv psixologiya, pedagogiktahlil va tibbiy ta’lim didaktikasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ko‘p qirrali asoslari keng yoritiladi. Zamonaviy ilmiy adabiyotlardaklinik tafakkur shifokorning professional kompetensiyalar tizimidagi markaziy komponent sifatida talqin qilinadi.Mazkur tadqiqotda ushbu kompetensiyaning shakllanish jarayoni, undagi asosiy kognitiv bosqichlar, qaror qabul qilishmexanizmlari hamda “bilim–faoliyat” tizimidagi funksional o‘rni batafsil tahlil qilinadi.Xalqaro ilmiy manbalarda ilgari surilgan konsepsiyalar – krititsizm, klinik mulohaza (clinical reasoning), klinik hukm (clinicaljudgement), abduktiv tafakkur, kasallik skriptlari (illness scripts), Bayes modeli va reflektiv yondashuvlar – analitik jihatdanumumlashtirilib, tibbiyot texnikumlari bosqichidagi o‘qitish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘lab talqin etiladi.Tadqiqot natijalari klinik tafakkurni murakkab, ko‘p bosqichli va integrativ bilim-faoliyat modeli sifatida asoslashimkoniniberadi hamda tibbiyot texnikumlarida ushbu kompetensiyani shakllantirish uchun zarur bo‘lgan pedagogik sharoitlar,tamoyillarva metodik yo‘nalishlarni aniqlab beradi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
