
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitish metodlari an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘qituvchi markazli va o‘quvchi markazli ta’lim modellari qiyosiy jihatdan ko‘rib chiqilib, ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, ingliz tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning ahamiyati asoslab beriladi. Maqolada multimedia vositalari, onlayn platformalar va mobil ilovalar asosida tashkil etilgan darslarning raqamli ta’lim muhiti sharoitida o‘quvchi faolligi va o‘quvchi motivatsiyasini oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Kommunikativ yondashuv va interaktiv metodlarning ingliz tilini amaliy muloqot vositasi sifatida o‘zlashtirishdagi samaradorligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy AKT vositalarining interaktiv metodlar bilan integratsiyasi o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustaqil ta’lim olish qobiliyatini shakllantirish hamda ta’lim jarayonining umumiy samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
