
Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida inson mehnatining o‘rni va mazmunida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida sun’iy intellektning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida avtomatlashtirish darajasini oshirish orqali mehnat unumdorligini yuksaltirishdagi imkoniyatlari bilan bir qatorda, ayrim an’anaviy kasblarning qisqarishi, mehnat bozorida tarkibiy siljishlar va bandlikka ta’siri kabi masalalar yoritiladi. Shuningdek, raqamli transformatsiya natijasida yuzaga kelayotgan yangi kasb va mutaxassisliklar, inson kapitalining sifati, moslashuvchan ko‘nikmalar, raqamli kompetensiyalar hamda uzluksiz ta’limning mehnat bozoridagi raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi ahamiyati asoslab beriladi. Maqolada sun’iy intellekt inson mehnati uchun mutlaq xavf emas, balki inson va texnologiya o‘rtasidagi samarali hamkorlik orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash imkoniyati sifatida baholanadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
