
Asrlar davomida korporativ huquq doirasida korporativ kengash a'zolarining fidusiar majburiyatlari kontseptsiyasi deyarli o‘zgarmas bo‘lib kelgan. Bu an'anaviy paradigma uzoq vaqt davomida aksiyadorlarning ustunligi (Shareholder Primacy) nazariyasiga asoslanib, korporativ kengashlarning majburiyatlari asosan, aksiyadorlar uchun moliyaviy foydani maksimallashtirish maqsadiga qaratgan. Korporativ huquqdagi bu yondashuv korporativ maqsadni iqtisodiy o‘sish va qisqa muddatli qiymat yaratish bilan tenglashtirdi. Biroq, XXI asrning boshidan boshlab, global miqyosdagi uchta fundamental omil Ekologik, Ijtimoiy va Boshqaruv (ESG) xatarlarining keskin kuchayishi fonida, bu tor doiradagi korporativ huquqdagi korporativ boshqaruv a’zolarining fudisar majburiyatlar tizimi sezilarli darajada bosim ostiga olinmoqda va inqirozga yuz tutmoqda. Natijada, bugungi kunda korporativ kengash qarorlari faqatgina qisqa muddatli moliyaviy natijalarni emas, balki uzoq muddatli barqarorlikni ta'minlash, ijtimoiy mas'uliyatni anglash va barcha manfaatdor tomonlar (stakeholders) oldidagi majburiyatni ham o‘z ichiga olishi qonuniy va amaliy jihatdan tartibga solinishi talab etilmoqda. Bunday yangi huquqiy transformatsiya jarayonlari korporativ huquqda korporativ kengash a'zolari uchun yangi, murakkab huquqiy savollarni yuzaga keltirmoqda.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
