
“Kompyuter ilmi asoslarini” o‘qitishda kompyuter modellashtirish vositalaridan foydalanishning ahamiyati va metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda kompyuter modellashtirishning iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, rejalashtirish va prognozlashdagi imkoniyatlari ko‘rsatilib, bu jarayon o‘quvchilarda analitik fikrlash, amaliy hisoblash, axborotlarni qayta ishlash va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, “Kompyuter ilmi asoslari” fanini o‘qitishda modellashtirish texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarning iqtisodiy jarayonlarni virtual muhitda sinovdan o‘tkazish, iqtisodiy modellarni yaratish va ularni baholash malakalari rivojlanishi ta’kidlangan. Kompyuter modellashtirishning o‘qitish jarayonida interfaol metodlar, vizual dasturlash vositalari va simulyatsion modellar bilan uyg‘unlashuvi o‘qitish samaradorligini oshiruvchi omil sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
