
Ushbu maqolada jamiyatda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolarni tahlil qilish hamda ularning samarali yechimlarini asoslashga qaratilgan. Bugungi globallashuv, raqamli transformatsiya, ijtimoiy tengsizlikning kuchayishi, axborot bosimi va migratsiya jarayonlarining jadallashuvi inson huquqlarini himoya qilish tizimiga yangi talablar qo‘ymoqda. Shu sababli, tadqiqotda huquqiy ongning yetarli darajada shakllanmaganligi, ayrim sohalarda qonun ijrosidagi sustkashliklar, korrupsiya holatlarining mavjudligi, davlat organlari va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlikning yetarli darajada bo‘lmaganligi kabi omillar chuqur ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Shuningdek, so‘nggi yillarda aholining axborot texnologiyalaridan faol foydalanishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi turdagi huquqbuzarliklar, shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi, raqamli xavfsizlik, onlayn diskriminatsiya kabi zamonaviy xavf va muammolar ilmiy asosda ochib beriladi. Tadqiqot yakunida inson huquqlarini samarali ta’minlash uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, sud-huquq tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish, davlat organlarida ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish, huquqiy madaniyatni rivojlantirish hamda raqamli xavfsizlikni mustahkamlashga oid aniq taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
