
Mazkur maqolada O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoatining hozirgi holati, rivojlanish tendensiyalari vatarmoqning iqtisodiyotdagi strategik ahamiyati keng yoritilgan. Tadqiqotda mamlakatning boy mineral-xomashyo bazasi,ruda qazib olish va metall mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlaridagi dinamik o‘zgarishlar, modernizatsiya jarayonlarihamda tarmoqda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari tahlil qilingan. Ayniqsa, yangi texnologiyalarni joriyetish, ishlab chiqarishni raqamlashtirish va korporativ boshqaruvning takomillashuvi kon-metallurgiya korxonalariningsamaradorligini oshirayotgani ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Maqolada sohaning eksport salohiyati, global bozortalablariga moslashuv darajasi, energiya samaradorligi va ekologik barqarorlikni ta’minlash borasidagi islohotlar hamalohida o‘rin olgan. Shuningdek, tarmoqning barqaror rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar, jumladan texnik eskirish,resurslardan foydalanish samaradorligi va kapital qo‘yilmalarning yetishmasligi kabi omillar tahlil qilinib, ularni bartarafetish bo‘yicha takliflar berilgan. Umuman olganda, maqola O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoatining hozirgi bosqichdagiiqtisodiy imkoniyatlari va istiqbolli yo‘nalishlarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beradi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
