
Ushbu ilmiy maqolada Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatida investitsion qarorlarni qabul qilish jarayonlarini optimallashtirishda Big Data va sun'iy intellekt (AI) texnologiyalarining ahamiyati tahlil etiladi. Tadqiqotda investitsion boshqaruvni raqamli transformatsiya qilishning nazariy asoslari yoritilib, empirik ma'lumotlar asosida ishlab chiqarish samaradorligi, energiya tejamkorligi, ekologik barqarorlik va iqtisodiy rentabellik koʻrsatkichlarining oʻzaro bogʻliqligi baholanadi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, Big Data va AI integratsiyasi toʻqimachilik korxonalarida investitsion resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi, risklarni kamaytiradi hamda ESG mezonlari asosida barqaror rivojlanishni ta'minlaydi. Maqolada ishlab chiqilgan konseptual yondashuv “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlariga muvofiq tarzda tarmoqning raqamli transformatsiyasini jadallashtirish uchun ilmiy asos vazifasini bajaradi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
