
Bugungi kunda ekologik xavflarning ortib borishi, iqlim oʻzgarishining salbiy ta'siri va atrof-muhit muhofazasining dolzarbligi yashil sugʻurta konsepsiyasiningglobal miqyosda muhim yoʻnalishlardan biriga aylanishiga sabab boʻlmoqda. Yashil sugʻurta ekologik risklar, tabiiy ofatlar, iqlim oʻzgarishi va boshqa muhitga bogʻliqtahdidlarni moliyaviy jihatdan boshqarish vositasi boʻlib, u barqaror rivojlanish tamoyillariga xizmat qiladi. Ushbu ilmiy tadqiqot Oʻzbekiston sugʻurta bozorida yashilsugʻurta konsepsiyasining zaruratini, joriy holatini va istiqbollarini chuqur tahlil qiladi. Mamlakatimizda bu yoʻnalish hali toʻlaqonli shakllanmagan boʻlsa-da, xalqaro tajriba,davlat siyosatining ekologik yoʻnalishga e'tibori va moliyaviy sektorning modernizatsiyasi asosida uni joriy etish uchun katta salohiyat mavjud. Tadqiqotda shuningdek, mavjud muammolar, huquqiy va institutsional toʻsiqlar, bozor ishtirokchilarining tayyorgarlik darajasi, innovatsion sugʻurta mahsulotlariga talab va ularni joriy etish strategiyalari koʻrib chiqiladi. Natijada yashil sugʻurtaning Oʻzbekistonda samarali amal qilishi uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
