
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining talaba-yoshlar ta’lim jarayoniga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy ta’sirlari sotsiopedagogik yondashuv asosida tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda AI tizimlari o‘quv jarayonining ajralmas qismiga aylanib, talabalarga mustaqil ta’lim, izlanish, fikrni kengaytirish va murakkab masalalarni yechishda keng imkoniyat yaratmoqda. Shu bilan birga, sun’iy intellektga haddan tashqari tayanish, akademik halollikning buzilishi va tafakkur passivlashuvi kabi salbiy jarayonlar ham kuzatilmoqda. Maqolada AI’ning yordamchi sifatidagi afzalliklari, raqobatchi sifatidagi xavflari hamda talabalarda raqamli mas’uliyat va akademik madaniyatni shakllantirishning bag‘rikeng, zamonaviy yondashuvlari yoritilgan.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
