
Annotatsiya: Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarning shakllanish jarayoni va ularning ta’lim-tarbiyadagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya davrida ijtimoiy tarmoqlar nafaqat muloqot yoki ko‘ngilochar vosita, balki samarali ta’lim platformalari sifatida ham qaralayotgani yoritiladi. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning tarixiy rivojlanish bosqichlari, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ta’lim jarayoniga integratsiya qilinish imkoniyatlari keng tahlil etilgan. Shuningdek, YouTube, Instagram, TikTok kabi platformalarning o‘quvchilarda motivatsiyani oshirish, mustaqil fikrlash va raqamli madaniyatni shakllantirishdagi roli ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish ta’lim sifatini oshirish, hamkorlikni rivojlantirish hamda uzluksiz ta’limni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: ijtimoiy tarmoq, ta’lim, raqamli transformatsiya, interaktivlik, raqamli madaniyat, onlayn ta’lim, gemifikatsiya.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
