
Mazkur maqolada tijorat banklarida eskrou hisobvaraqlaridan foydalanish masalalari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida eskrou hisobvarag‘ining iqtisodiy mohiyati, huquqiy asoslari va tijorat banklari faoliyatidagi o‘rni o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PF–11-son Farmoni asosida joriy etilayotgan eskrou tizimining amaliy mexanizmlari tahlil qilindi. Maqolada xorijiy tajriba, xususan, AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida eskrou hisobvaraqlari qo‘llanishi misolida tahliliy natijalar keltirilgan. Eskrou hisobvarag‘ida jamlangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib kredit foiz stavkalarini bosqichma-bosqich kamaytirish orqali bank daromadini oshirishga oid iqtisodiy-matematik model ishlab chiqildi va empirik tarzda asoslandi. Tadqiqot natijalari eskrou mexanizmining bank risklarini kamaytirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash hamda investitsion muhitni yaxshilashdagi samaradorligini ko‘rsatadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
