
Bu ishda Oʻzbekiston Respublikasida shakllanib borayotgan huquqiy axborot tizimlari va ularning jamiyat, davlat boshqaruvi hamda fuqarolar hayotidagi o‘rni tahlil etiladi. Ishda mamlakatimizda huquqiy axborotni shakllantirish, saqlash va aholiga yetkazishning zamonaviy mexanizmlari, xususan “Lex.uz”, “Norma.uz”, “Huquqiy axborot” portali, Adliya vazirligining rasmiy axborot tizimlari va boshqa elektron platformalarning faoliyati yoritiladi. Tadqiqotda ushbu tizimlarning asosiy vazifalari — qonun hujjatlari matnlarini tezkor yetkazish, yangiliklardan xabardor qilish, huquqiy ma’lumotlarning aniqligi va ochiqligini ta’minlash, shuningdek foydalanuvchilarga qulay bo’lgan elektron qidiruv imkoniyatlarini yaratishdan iborat ekani ko‘rsatib o‘tiladi. Bundan tashqari, huquqiy axborot tizimlarining raqamli transformatsiya jarayonlaridagi roli, davlat boshqaruvida “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiyasi ham yoritilgan. Ishda bu tizimlarning afzalliklari bilan birgalikda, ularni yanada takomillashtirish zarur bo‘lgan jihatlar – normativ-huquqiy hujjatlarning yagona ma’lumotlar bazasini yanada ko’proq boyitish, mobil ilovalar orqali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari ham muhokama etiladi. Buning natijasida, Oʻzbekiston huquqiy axborot tizimlari davlatning huquqiy siyosatini amalga oshirish, fuqarolarni qonun ustuvorligi tamoyili asosida xabardor qilish va huquqiy ongni yuksaltirishda muhim vosita ekani asoslab beriladi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
