
Ushbu maqola O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish mablag‘laridan samarali foydalanishni oshirishning ilmiy-konseptual asoslarini va 2023–2025-yillarda yirik korxonalarda kuzatilgan so‘nggi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qiladi. Tadqiqot moliyaviy va texnik indikatorlar - ishlab chiqarish xarajatlari, rentabellik, mehnat unumdorligi, resurslardan tejamkor foydalanish va fizik hajm indeksi - asosida olib borilgan. Tahlil natijalari ko‘rsatdiki, texnologik modernizatsiya va avtomatlashtirish tadbirlari, shuningdek resurslarni optimal taqsimlash orqali ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish mumkin. Masalan, 2025-yilning birinchi yarmida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi viloyatlar kesimida 106-130% oralig‘ida o‘sdi, bu resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish natijasini tasdiqlaydi. Moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham rentabellik va foyda ko‘rsatkichlarida o‘sish kuzatilib, korxonalarda samaradorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning amaliy samaradorligi ilmiy asosda tasdiqlanadi. Tadqiqot natijalari korxonalar boshqaruvi uchun ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish, resurslarni oqilona taqsimlash va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
