
Tadqiqot semizlik mavjud homilador ayollarda homiladorlikning kechishi, tug‘ruq jarayoni va perinatal asoratlar chastotasini klinik va statistik tahlil asosida o‘rganishga qaratilgan. 2022–2024 yillar davomida Andijon viloyat tug‘ruq muassasalarida 80 nafar homilador ayol kuzatilib, ulardan tana vazni indeksi (TVI) ≥30 bo‘lgan ayollar guruhida gestatsion gipertenziya, preeklampsiya, gestatsion diabet, makrosomiya va neonatal reanimatsiya holatlari sezilarli darajada yuqori ekanligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari xalqaro va Rossiya olimlarining ilgari e’lon qilingan ilmiy ishlari bilan solishtirilib, yuqori darajadagi moslik aniqlangan. Tadqiqot asosida semiz homilador ayollar uchun individualizatsiyalangan akusherlik yondashuvi, multidisiplinar nazorat va tug‘ruqni rejalashtirishda xavf omillarini hisobga oluvchi klinik-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu tavsiyalar perinatal xavflarni kamaytirish va ona-bola salomatligini yaxshilashda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
