
Mazkur maqolada raqobat bozorining jozibadorligini tahlil qilish va talabni o‘rganish jarayonining nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat muhiti va iste’molchilar xulq-atvori o‘zgaruvchanligi tadbirkorlik faoliyati natijadorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda Porterning “besh kuch” modeli, iqtisodiy-statistik tahlil, hamda so‘rov va kuzatuv metodlaridan foydalanilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, bozor jozibadorligini belgilovchi asosiy omillar sifatida talab hajmi, raqobatchilar soni, foyda normasi va kirish to‘siqlari aniqlangan. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, raqobat bozori jozibadorligini baholash va talabni chuqur o‘rganish tadbirkorlik subyektlari uchun strategik qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
