
Qoraqalpog‘iston Respublikasining geografik joylashuvi, tabiiy sharoitlari va iqlimiy omillari tibbiyot hamda sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarga ega. Hudud O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida, Amudaryo daryosining quyi oqimida, Orolbo‘yi mintaqasida joylashgan bo‘lib, o‘zining noyob tabiiy manbalari, termal suv zaxiralari, shifobaxsh balchiqlari va quruq cho‘l iqlimi bilan ajralib turadi. Aynan shu omillar inson salomatligini mustahkamlash, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratadi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonning geografik joylashuvi turizm yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Tibbiyot turizmini ekologik, etnografik va madaniy turizm turlari bilan uyg‘unlashtirish orqali hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shish mumkin. Hududda mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sog‘lomlashtirish infratuzilmasini rivojlantirish va xalqaro tajribalarni joriy etish orqali Qoraqalpog‘istonni mintaqaviy tibbiyot turizmining markaziga aylantirish imkoniyati mavjud.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
