
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilish siyosatining shakllanish jarayoni hamda uning tarixiy bosqichlari tahlil qilingan. Unda sovet davridan to mustaqillik yillarigacha, shuningdek, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar bosqichma-bosqich yoritilgan. Maqolada madaniy merosni muhofaza qilishning huquqiy asoslari, davlat siyosatidagi o‘zgarishlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik natijalari va raqamlashtirish jarayonlarining ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, milliy o‘zlikni tiklash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda madaniy merosning o‘rni haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijasida O‘zbekistonda madaniy merosni asrab-avaylash va uni jahon miqyosida targ‘ib qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani ta’kidlanadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
