
Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida yashil yalpi ichki mahsulot (yashil YAIM)ni shakllantirishda aholining roli va ishtiroki chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — aholi turmush darajasi, ekologik ong, yashil iste’mol madaniyati hamda energiya samaradorligi omillarining yashil iqtisodiyot rivojiga ta’sirini aniqlashdir. Maqolada Green GDP (Yashil YAIM) tushunchasining mohiyati, uning an’anaviy YAIMdan farqli jihatlari va barqaror rivojlanish konsepsiyasidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida aholining ekologik faolligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, chiqindilarni kamaytirish hamda iqtisodiy o‘sishni ekologik xavfsizlik bilan uyg‘unlashtirish masalalari tahlil etilgan. Tadqiqotda xalqaro tajribalar va ilmiy adabiyotlar tahlili asosida muallif tomonidan aholining ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan taklif va mexanizmlar ishlab chiqilgan. Ushbu maqola O‘zbekiston uchun yashil YAIMni samarali joriy etish yo‘lida amaliy ahamiyatga ega ilmiy asoslarni taqdim etadi.
Yashil YAIM, yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, aholi roli, ekologik ong, yashil iste'mol, energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya, chiqindilarni boshqarish, ekologik siyosat, iqtisodiy o'sish, O'zbekiston.
Yashil YAIM, yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, aholi roli, ekologik ong, yashil iste'mol, energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya, chiqindilarni boshqarish, ekologik siyosat, iqtisodiy o'sish, O'zbekiston.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
