
Ushbu ilmiy maqolada iste’molchilarning psixologik xatti-harakatlari, xususan, Snob va Veblen effektlarining iqtisodiy va ijtimoiy mazmuni tahlil qilingan. Zamonaviy marketing nazariyalari shuni ko‘rsatadiki, xaridorlarning xarid qarorlariga faqatgina ehtiyoj yoki narx omili emas, balki ijtimoiy maqom, o‘ziga xoslik, boshqalardan ajralib turish hamda e’tibor markazida bo‘lish istagi kabi psixologik omillar ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Snob effekti iste’molchining mahsulotni ommaviylashgani uchun rad etishi bilan izohlanadi, Veblen effekti esa narxning oshishi bilan birga tovarning qadri ortishini ifodalaydi. Tadqiqot davomida ushbu effektlarning farqli jihatlari, o‘zaro aloqadorligi va marketing amaliyotidagi o‘rni tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bugungi global bozorda ko‘plab brendlar aynan shu psixologik mexanizmlardan foydalanib, xaridor e’tiborini jalb etishda muvaffaqiyat qozonmoqda.
iste'molchi xulq-atvori, psixologik marketing, Snob effekti, Veblen effekti, ijtimoiy maqom, iste'mol motivatsiyasi, marketing strategiyasi
iste'molchi xulq-atvori, psixologik marketing, Snob effekti, Veblen effekti, ijtimoiy maqom, iste'mol motivatsiyasi, marketing strategiyasi
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
