
Ushbu maqolada kriptobirjalar faoliyatini tashkil etishning iqtisodiy, texnologik va tashkiliy jihatlari tahlil qilingan. Kriptoaktivlar bozori global moliya tizimining muhim tarkibiy qismiga aylangan bir paytda, O‘zbekiston uchun ushbu sohani rivojlantirish istiqbollari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda kriptobirjalarning shakllanish bosqichlari, ularning blokcheyn texnologiyasi asosidagi ishlash mexanizmlari hamda xalqaro tajriba misolida tartibga solish amaliyoti yoritilgan. Shuningdek, mamlakatimizda kriptoaktivlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha mavjud huquqiy baza, amaldagi infratuzilma va investitsion muhitning holati o‘rganilib, ularni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola natijalari O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish va milliy kriptobirja tizimini shakllantirish uchun amaliy ahamiyatga ega.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
