
Ushbu tadqiqotning maqsadi o‘zbek va nemis xalq og‘zaki ijodida (qo‘shiq, she’r, afsona) bayram timsollarini aniqlash va ularning lingvokultural xususiyatlarini tahlil qilishdir. Tadqiqot materiali sifatida Navro‘z, Boychechak va boshqa o‘zbek hamda Weihnachten, Ostern va yozgi bayramlar bilan bog‘liq nemis folklor namunalaridan foydalanildi. Tadqiqot metodlari sifatida lingvistik tahlil, madaniyatshunoslik yondashuvi va solishtirma tahlil qo‘llandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek bayram timsollari tabiat, fasl o‘zgarishi va hayotiy voqealar bilan bog‘langan bo‘lsa, nemis timsollari ko‘proq diniy, tarixiy va mavsumiy an’analarga tayanadi. Tadqiqot bayram timsollarining xalq ongidagi ramziy ma’nosi, ijtimoiy va madaniy funksiyasini ochib beradi va ularning universal va milliy xususiyatlarini ko‘rsatadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
