
Ushbu maqolada zamonaviy qurilishda qo‘llanilayotgan kompozit materiallar yordamida eskirgan binolarni seysmik mustahkamlash masalalari ilmiy jihatdan yoritilgan. Maqola asosida temir-beton konstruksiyalarni qayta tiklash va ularda yuzaga kelgan konstruktiv nosozliklarni bartaraf etishda FRP (Fiber Reinforced Polymer) kompozit materiallaridan foydalanishning texnik-iqtisodiy samaradorligi tahlil qilindi. Mazkur materiallarning yuqori mustahkamlikka ega bo‘lishi, korroziyaga bardoshliligi, yengilligi va montaj qulayligi ularni an’anaviy mustahkamlash usullariga nisbatan ustunligini ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida GFRP, CFRP va AFRP kabi kompozit materiallarning konstruksiyalar bilan ishlash mexanizmi, ularga bo‘lgan yopishuv kuchi, tashqi o‘ram (jacketing) va lamellar bilan mustahkamlash texnologiyalari o‘rganildi. Shuningdek, kompozit materiallardan foydalanishda yuzaga keladigan cheklovlar, ularga ta’sir etuvchi yuklanish turlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarning mavjud holati tahlil qilindi. O‘zbekistonda mavjud seysmik xavf darajasining yuqoriligi hisobga olinib, FRP materiallaridan foydalanish istiqbollari va ularni amaliyotga keng joriy etishning afzalliklari asoslab berildi. Tadqiqot natijalari kompozit materiallar yordamida mustahkamlash texnologiyalari qurilish xavfsizligini oshirishda samarali yechim ekanini tasdiqladi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
