
Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilishning nazariy hamda amaliy asoslari tahlil qilinadi. Buxgalteriya hisobi bank faoliyatining moliyaviy barqarorligi, ishonchliligi va oshkoraligini ta’minlovchi boshqaruv vositasi sifatida qaraladi. Ishda buxgalteriya tizimini raqamlashtirish, xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini (IFRS) joriy etish, avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimlarini keng qo‘llash orqali hisobotlarning aniqligi va tezkorligini oshirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, audit jarayonlarini integratsiyalash hamda bank xodimlarining kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Natijada, O‘zbekiston bank tizimida buxgalteriya hisobini takomillashtirish bankning moliyaviy boshqaruvini kuchaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida samaradorlik va ishonchlilikni ta’minlash uchun muhim omil sifatida baholanadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
