
Mazkur maqolada oliy ta’lim musiqa yo‘nalishi bakalavriat bosqichida musiqa o‘qitishda chet el mamlakatlarining progressiv tajriblalari tahlil qilinib, bu zamonaviy tajribalarni O‘zbekistondagi ta’lim tizimiga moslashtirish masalalari va imkoniyatlari o‘rganib chiqildi. Dunyoning rivojlanlangan mamlakatlari Germaniya, Vengriya, Yaponiya, Amerika hamda boshqa yetakchi mamlakatlarning musiqa ta’limi va tarbiyasini olib borishdagi eng ilg‘or metodlari – Orff Shulverk metodi, Koday tizimi, Dalkroz va Suzuki usullari, guruh bo‘lib ijro etish va improvizatsiya qilish, musiqa o‘qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish singari yondashuvlar atroflicha o‘rganilib, kompleks tarzda tahlil qilindi. Tadqiqotni olib borish davomida xorijiy tajrilabalar bilan mahalliy ta’lim jarayonlaridagi olib boriladigan yondashuvlar bir-biri bilan taqqoslanib, ijobiy tomonlari batafsil ko‘rib chiqildi. Kuzatilgan natijalarga qarab shuni aytish mumkinki, musiqa o‘qitishda mahalliy qo‘llaniladigan usullar bilan xorijiy ilg‘or tajribalarni birlashtirib, ularni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan o‘quvchi va talabalarning ijodiy intellektlarini rivojlantirish, tafakkurlarini boyitish, darslarni interaktiv metodlar bilan o‘qitish hamda ularni musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib borish mumkin. Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari uchun foydali bo‘ladigan xorijiy va mahalliy tajribalarni qo‘llash asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
