
Mazkur maqolada mulkdorlik institutining huquqiy va iqtisodiy mazmuni, mulkdorlarning huquq va kafolatlari hamda ularning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojidagi o‘rni tahlil etilgan. Unda jismoniy va yuridik shaxslarning mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqlari, davlatning mulkdor sifatidagi roli hamda davlat-xususiy sheriklik doirasidagi mulkdorlik shakllari o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlariga kafolatlar to‘g‘risida”gi Qonun, Prezident farmonlari va Hukumat qarorlari asosida mulkdorlarning huquqiy kafolatlari tahlil qilingan. Shuningdek, mulkdorlarning iqtisodiy jarayonlardagi funksiyalari, investitsiya muhiti va xalqaro normalar darajasida huquqiy himoya masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari mulkdorlik institutining huquqiy asoslarini mustahkamlash, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va ijtimoiy farovonlikni ta’minlashdagi ahamiyatini ko‘rsatadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
