
Bugungi kunda respublika tez tibbiy yordam xizmatida 435 ta reanimobil mavjud boʻlib, 13 ming aholiga bitta avtomashina toʻgʻri kelmoqda. Vaholanki, bu raqam ham bundan bir necha yil avval 15 ming nafardan iborat edi[1]. 2018-yilda Buxoro viloyati kesimida oladigan bo’lsak, shoshilinch (tez) tibbiy yordam bo‘yicha rasmiy statistikasida tez yordam birliklari (jami): 111 tani, bajarilgan chaqiriqlar 463 968 tani, tibbiy yordam ko‘rsatilgan shaxslar: 510 704 kishini tashkil etganligi sohadagi ijobiy o’zgarishlarni isbotidir[2]. Umuman olganda, 2018-yilda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash tizimida muassasalar sonining ortishi, moddiy-texnika bazaning mustahkamlanishi, kadrlar salohiyatining oshishi va aholining kasallikka chalinish ko‘rsatkichlarining qisqarishi hududda olib borilgan islohotlarning amaliy samaradorligini yaqqol namoyon etdi. 2019- yilda viloyat bo‘yicha 82 ta shifoxona muassasalari faoliyat olib borgan. Yil davomida ularda 352839 nafar bemor davolangan. Shifokorlar soni o‘tgan 2018- yilga nisbatan 102,5 % ga, o‘rta tibbiyot xodimlari soni 102,2 % ga ortgan. Viloyatda ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni 536 tani tashkil etadi. [1] https://api.siat.stat.uz/media/uploads/sdmx/sdmx_data_3195.pdf [2] https://www.buxstat.uz/uploads/press-relizlar/2018/cots/sogliqni_saqlash.pdf
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
