
Maqolada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning hozirgi holati, muammolari va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilingan. Xorijiy sarmoya oqimini oshirishga ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, ularning iqtisodiy samaradorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar, tahliliy yondashuvlar va xalqaro tajriba asosida ilmiy xulosalar berilgan.
