
<script type="text/javascript">
<!--
document.write('<div id="oa_widget"></div>');
document.write('<script type="text/javascript" src="https://www.openaire.eu/index.php?option=com_openaire&view=widget&format=raw&projectId=undefined&type=result"></script>');
-->
</script>Ushbu maqolada turkiy davlatlar o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarida taʼlimning tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Taʼlim sohasi nafaqat bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish vositasi, balki xalqlar o‘rtasida madaniy, maʼnaviy va siyosiy yaqinlashuvni taʼminlovchi muhim omil sifatida qaraladi. Maqolada xalqaro tajribalar, turkiy davlatlar tashkilotlari doirasida amalga oshirilayotgan taʼlimiy loyihalar, shuningdek, mavjud muammolar va istiqboldagi imkoniyatlar yoritiladi. Xususan, akademik mobillik, qo‘shma dasturlar, raqamli taʼlim platformalari va ilmiy hamkorlikning integratsiya jarayonlaridagi o‘rni alohida taʼkidlanadi.
