
Ushbu fan bosh sohasining murakkab anatomik tuzilishi, topografik munosabatlari hamda operativ jarrohlik tamoyillarini o‘rganishga qaratilgan. Fan doirasida boshning yumshoq to‘qimalari, suyak tuzilmalari, qon va limfa tomir tizimi, asab tolalari va funksional ahamiyatga ega bo‘lgan tuzilmalar batafsil tahlil qilinadi.Topografik anatomiya bosh sohasining turli qismlarida joylashgan tuzilmalarning o‘zaro munosabatlarini, patologik jarayonlarning tarqalish yo‘nalishlarini hamda jarrohlik amaliyoti uchun zarur bo‘lgan aniq anatomik yo‘nalishlarni belgilashga yordam beradi.Operativ xirurgiya esa bosh sohasida amalga oshiriladigan turli jarrohlik muolajalarini, ularning bajarilish texnikasini, minimal invaziv usullar va zamonaviy jarrohlik yondashuvlarini o‘rganadi. Shu bilan birga, operativ aralashuvlar vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va ularni oldini olish usullari ham ko‘rib chiqiladi.Fan tibbiyotning neyroxirurgiya, plastik va rekonstruktiv jarrohlik, travmatologiya va stomatologiya kabi yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, talabalarga, shifokorlarga va tadqiqotchilarga amaliyotda muhim bo‘lgan chuqur bilimlar beradi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
