
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyot darslari uchun yangi o‘zbek adabiyotidanyuksak badiiy asarlarni tanlash, shu asarlar orqali el ardog‘idagi adiblarga hurmat va ehtirom hissini uyg‘otish, o‘quvchilargao‘rganilayotgan asarning tayyor talqinlarini singdirishdan voz kechib, muayyan savol va topshiriqlar asosidamustaqil hamda tanqidiy munosabatni shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, adabiyot darsliklari uchun tanlanganasarlarni tahlil qilish, o‘quvchilarda kitobxonlikni rivojlantirishga doir yondashuvlarning milliy adabiy ta’lim tajribasidao‘rganilishi, tahlil va tadqiq etilishi ko‘rib chiqilgan. O‘quvchilarda davlat tilidagi durdona adabiy asarlarni o‘qishgabo‘lgan istakni uyg‘otadigan omillar, shuningdek, asar tanlashning asosiy uch jihati – badiiy qiymatining yuksak bo‘lishi,ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi va kitobxonning ruhiga zavq-shavq bag‘ishlashi – ta’minlanishi lozim bo‘lgan jihatlarsifatida aniqlik bilan ko‘rsatib berilgan.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
