
Mazkur maqolada loyihalarni boshqarishda “Halol” standartini joriy etishning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil etilgan. “Halol” konsepsiyasining tamoyillari – shaffoflik, adolat, ijtimoiy mas’uliyat hamda ekologik barqarorlik – zamonaviy loyiha boshqaruvi tizimiga qanday tatbiq etilishi mumkinligi ochib berilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba va milliy sharoitlar qiyosiy tahlil qilinib, ushbu standartni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida huquqiy asoslarni kuchaytirish, sertifikatlash mexanizmlarini takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Halol” standartining joriy etilishi loyihalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish, xorijiy va mahalliy investorlar ishonchini mustahkamlash, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim strategik omil hisoblanadi.
| citations This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
