
Mazkur maqolada O‘zbekistonda joriy etilgan “Ayollar daftari” tizimining mazmun-mohiyati, uning tashkiliy-huquqiy asoslari hamda xotin-qizlar bandligi va daromadliligini ta’minlashdagi o‘rni keng qamrovda tahlil qilinadi. Xususan, ushbu tizim orqali ayollarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari aniqlanib, ularning hayotiy muammolarini hal etish, moddiy qo‘llab-quvvatlash, mehnat bozoriga jalb etish, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish orqali iqtisodiy faolligini oshirish jarayoni ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, “Ayollar daftari” amaliyotining natijalari, uning xotin-qizlar o‘rtasida bandlik darajasi va daromad manbalarini shakllantirishga qo‘shayotgan hissasi statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi. Tizimni amalga oshirishda kuzatilayotgan muammolar — byurokratik to‘siqlar, moliyaviy resurslardan foydalanishdagi cheklovlar va malaka talablariga mos ish o‘rinlarining yetishmasligi masalalari alohida ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Maqola xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, oilalarning farovonligini oshirish va jamiyatda gender tenglikni kuchaytirish nuqtai nazaridan “Ayollar daftari” tizimining amaliy va nazariy ahamiyatini yanada chuqur ochib beradi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
