
Mazkur maqolada ingliz sayyohi va tadqiqotchisi A. Byornsning ma’lumotlari asosida XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligidagi savdo holati yoritiladi. O‘sha davrda Buxoro Rossiya imperiyasi bilan faol iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu davlat uning asosiy tashqi savdo hamkoriga aylangan edi. Biroq Angliya o‘zining mintaqadagi ta’sirini saqlab qolish maqsadida Rossiyaning Buxoro bilan savdosiga to‘sqinlik qilish uchun jiddiy harakatlar qilgan. Jumladan, ingliz tovarlari Shimoliy Hindiston, Xitoy, Fors va Afg‘onistonda asta-sekin rus mahsulotlarini bozordan siqib chiqara boshlagan. A.Byornsning yozishicha, XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligida savdo aloqalari o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga yetgan. Davlat siyosati ichki va tashqi savdoni rivojlantirishga faol ko‘maklashgan. Buxorodagi bozoru karvonsaroylar, Buyuk ipak yo‘li orqali shakllangan yo‘nalishlar savdo markazi sifatida katta ahamiyat kasb etgan. Mahalliy hokimiyatlar tomonidan bozor narxlari qat’iy nazorat ostida ushlab turilgan, bu esa davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarga bo‘lgan faol aralashuvni ko‘rsatadi. Buxoroga Yevropa, Hindiston, Xitoy va Forsdan savdogarlar oqib kelgan, bu esa shaharning Markaziy Osiyodagi yirik iqtisodiy markazlardan biriga aylanishiga olib kelgan. A.Byorns Buxoro amirligining XIX asr birinchi yarmidagi ijtimoiy-iqtisodiy holatini chuqur o‘rgangan ilk g‘arb tadqiqotchilaridan biri hisoblanadi. Uning kuzatuvlari mintaqaviy va xalqaro savdo aloqalarini, yirik davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy raqobatni hamda amirlikning ichki iqtisodiy siyosatini anglash uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
