
Ushbu maqolada meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash jarayonlarida ularning sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Meva-sabzavotlar biologik faol mahsulotlar bo‘lib, ular saqlash vaqtida ham nafas olish, transpiratsiya, etilen ishlab chiqarish kabi fiziologik jarayonlarni davom ettiradi. Saqlash davridagi harorat, nisbiy namlik, gaz muhitining tarkibi, mikroorganizmlarning mavjudligi hamda mexanik shikastlanishlar mahsulotning saqlanish muddati va sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda modifikatsiyalangan va nazorat qilinadigan atmosfera ostida saqlash texnologiyalarining afzalliklari, mikrobiologik xavflarning oldini olish choralari hamda mahsulotlarning fiziki xususiyatlarini saqlab qolishga qaratilgan usullar o‘rganildi. Yakuniy natijalar sifatni barqaror saqlash va yo‘qotishlarni kamaytirish uchun kompleks yondashuv zarurligini ko‘rsatadi. Mazkur ish qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini samarali saqlash texnologiyalarini ishlab chiqishda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
