
Bugungi kunda jamiyatimizda axloqiy tarbiyaning kuchaytirilishi, yosh avlod qalbida ezgulik, mehr-oqibat, halollik kabi fazilatlarni singdirish muhim masalalardan biridir. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bolalarning ijtimoiy ongini shakllantirish orqali ularni jamiyatga foydali shaxs etib voyaga yetkazish mumkin. Bu borada tasavvuf ta’limotining tarbiyaviy jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tasavvuf insonni ichki poklanishga, boshqalarga nisbatan mehribonlik va muruvvat bilan munosabatda bo‘lishga chorlaydi. Ushbu maqolada tasavvuf ta’limotining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga ijtimoiy g‘oyalarni singdirishdagi ahamiyati yoritiladi. Har bir inson yoshlik chog’idan boshlab odob axloq qoidalariga rioya qilishi va atrofdagilarga ham hurmatda bo’lishi zarur. Hozirgi globallashuv jarayonida o’quvchilarni ijtimoiy ongini rivojlantirish juda muhim jarayon hisoblanadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
