
Ushbu ilmiy maqolada bank va real sektor oʻrtasidagi integratsiyaning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati va uni kuchaytirish yoʻllari tahlil qilingan. Maqola, bank tizimi va real sektor oʻrtasida samarali hamkorlik oʻrnatish orqali iqtisodiyotning barqaror oʻsishi va rivojlanishini ta’minlash zarurligini koʻrsatadi. Shuningdek, Oʻzbekiston sharoitida bank va real sektor oʻrtasidagi integratsiyaning rivojlanish bosqichlari, mavjud muammolar va cheklovchilar hamda xorijiy tajribalardan olingan saboqlar muhokama qilingan. Maqolada banklar tomonidan real sektorni moliyaviy ta’minlashning samaradorligini oshirish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan islohotlar, shuningdek, integratsiyani yanada chuqurlashtirish uchun konkret takliflar keltirilgan. Xususan, raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish, kreditlash shartlarini yengillashtirish, davlat tomonidan moliyaviy kafolatlarni kengaytirish kabi masalalar oʻrganilgan. Maqola, Oʻzbekiston iqtisodiyotining yanada rivojlanishi uchun bank va real sektor oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni mustahkamlash zarurligini ta’kidlaydi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
