
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek va nemis she’riyatida qish obrazi qanday talqin etilishi, uning ramziy va poetik ma’nosi tahlil qilinadi. O‘zbek shoirlari Sirojiddin Sayyid, Iqbol Mirzo, Zebo Mirzo va Xosiyat Rustamova ijodida qish fasli inson ruhiyati, taqdir sinovlari, sabr va yangilanish ramzi sifatida namoyon bo‘lsa, nemis shoirlari Anya Kampmann, Jan Vagner, Nora Gomringer va Monika Rink asarlarida qish falsafiy mushohada, ruhiy poklanish va vaqt bilan bog‘liq ichki anglash jarayoni sifatida tasvirlanadi. Har ikki adabiy maktabda qish obrazining musaffoligi, sokinligi va sirli mohiyati poetik mahorat bilan yoritilgan.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
