
Annotatsiya. Ushbu maqolada koʻchmas mulkni (yer, bino-inshootlar) soliqqa tortish va kadastr baholash bilan bogʻliq nazariy hamda amaliy jihatlar tadqiq etilgan. Yuridik va fiskal kadastrlar, ularning oʻzaro bogʻliqligi, shuningdek, koʻchmas mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda huquqiy kafolatlar muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlangan. Kadastrdagi maʼlumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi va yaxlitligi soliq bazasini aniqlash, koʻchmas mulk obyektlarini baholash, shu jumladan kadastr qiymatini aniqlashda ahamiyatlidir. Maqolada koʻchmas mulk obyektlarini baholashda qiyosiy va xarajat yondashuvlari, ularda eʼtiborga olinadigan qiymat omillari hamda ularning kadastr agentligi maʼlumotlari bilan uygʻunlashuvi tahlil qilingan. Kadastr hisobi tizimini takomillashtirish, raqamlashtirish va axborotlar yaxlitligini taʼminlash orqali koʻchmas mulkni soliqqa tortish samaradorligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada koʻchmas mulkni soliqqa tortish va kadastr baholash maqsadida hisobga olish borasida takliflar va tavsiyalar berilgan.Kalit soʻzlar: koʻchmas mulk, yer soligʻi, fiskal kadastr, yuridik kadastr, kadastr qiymati, soliq bazasi, baholash yondashuvlari, kadastr agentligi, maʼlumotlar yaxlitligi, soliqqa tortish.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
