
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Maqola kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan metodlar va yondashuvlar, shuningdek, bolalarning tasavvurini kengaytirish uchun ishlatiladigan texnikalar haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, kreativ pedagogik yondashuvlarning o‘quvchilarning mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ta’siri hamda bu yondashuvlarning o‘quvchilarning yangi g‘oyalar yaratish va o‘z fikrlarini erkin ifodalash imkoniyatiga olib kelishdagi roli o‘rganiladi. Bunday pedagogik yondashuvlar o‘quvchilarning akademik muvaffaqiyatlarini oshirish bilan birga, ularning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham katta yordam beradi. O‘quvchilarning o‘zini o‘zi anglash, ijodiy fikrlashni qo‘llash, hamda kelajakda jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga tayyorlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
| citations This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
