
Maqolada yoshlarni sportga qiziqtirish, jismoniy faollikka rag‘batlantirish va sportni ommalashtirishda ijtimoiy media va sport axborot vositalarining o‘rni muhokama qilinadi. Sportga oid axborot resurslari, ijtimoiy tarmoqlarda sport haqida ma’lumotlar, musobaqalar va sportchilarni ommalashtirishning samarali usullari yoritiladi. Shuningdek, yoshlarni sportga jalb qilishda yuzaga kelgan muammolar va imkoniyatlar, sportning yangi turlarini tanishtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Maqola yoshlar orasida sportni targ‘ib qilishda ijtimoiy media va sport axborot vositalarining samarali qo‘llanilishi bo‘yicha takliflarni keltiradi.
