
"Hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni statistik o’rganish" mavzusi statistika fanining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, turli jarayonlar va hodisalarning o‘zaro ta’sirini aniqlashga qaratilgan. Ushbu mavzu hodisalar o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlikni o‘rganish orqali, ular orasidagi sabab-oqibat munosabatlarini tushunish imkonini beradi. Statistika usullari, xususan, korrelyatsiya va regression tahlil, dispersiya tahlili, variatsion tahlil vositasida hodisalarning o‘zaro aloqadorligi va ular o‘rtasidagi munosabatlarning kuchi baholanadi. Mazkur mavzu nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi kabi turli sohalarda samarali qo‘llaniladi. Bu o‘rganishlar orqali qaror qabul qilish jarayonlarini ilmiy asosda tashkil qilish, resurslardan samarali foydalanish va rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Shu sababli, statistik bog‘lanishlarni o‘rganish fan va amaliyotdagi dolzarb muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
