
Maqolada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi nomutanosiblikni kamaytirishga qaratilgan mintaqaviysiyosat vositalarini amalga oshirishning jahon tajribasi tizimlashtirilgan. Yevropa Iqtisodiy Hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar,Yevropa Ittifoqi, JST va boshqalar tajribasi oʻrganildi. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina dunyoning yetakchi mamlakatlaridamoliyaviy vositalardan asosan quyidagi iqtisodiy holatlarda foydalanish ko‘p uchraydi, xususan: mamlakatning iqtisodiy mintaqasitarkibiga kiruvchi iqtisodiy rivojlanish darajasida boshqa taraqqiy etgan hududlarga nisbatan katta tafovutlarga egahududlarning iqtisodiy o‘sishini jadalashtirish; amalda bo‘lgan soliq strukturasini takomillashtirish (tegishli hududda istiqomatqilib yuqori daromad ko‘ruvchi soliq subyektlaridan oshirilgan stavkalarda soliq solish yordamida kam daromadli shaxslardansoliq yukini qisqartirish), mahalliy va xorijiy investitsion loyihalarni jalb qilish; tovar va xizmatlar ishlab chiqarish potensialiniyuksaltirish; mahalliy aholining uy-joy va ijtimoiy faravonligi uchun zarur hisoblangan sharoitlarini tubdan yaxshilash, hududdamavjud mehnat resurslarini ish bilan bandlik darajasi oshirish va hokazo. Integratsiya ittifoqlariga a’zo ko‘plab davlatlardabunday chora-tadbirlarning samaradorligi ancha yuqori. Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagimavjud nomutanosibliklarni kamaytirishning nomoliyaviy vositalari ham muhim va dolzarb ekanligi qayd etildi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
