
Tobora dunyo aholisining sayohat qilishga bo‘lgan qiziqishi ortib borishi bilanoq insonlarning o‘z mamlakatlari hududidan boshqa mamlakat hududiga tashriflar hajmi ham ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida dunyoga yangicha sanoatning vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda, ya’ni bu sanoat “turizm sanoati”dir. Turizm sanoati bu yaxlit tizim bo‘lib u ko‘plab xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi. Mehmonxonalar ana shunday tarmoqlarning eng muhimi hisoblanadi. O‘z navbatida bunday muhim sohani faoliyatini tartibga solish ham anchagina masuliyatni talab qiladi. Biz ham mazkur maqolada turizmning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati, mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil etdik. Shu bilan birga rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi asosida yurtimizda mehmonxona turizmi va oilaviy uylarni tashkil etish borasida takliflar keltirilgan. Ushbu maqolada turizm va mehmonxona xo‘jaligining iqtisodiyotda tutgan o‘rni, afzalliklari haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari talabalari, professor-o‘qituvchilari, soha xodimlari hamda keng auditoriya uchun mo‘ljallangan.
iqtisodiyot, xalqaro turizm, turizm industriyasi, mehmonxona, mehmonxona xo'jaligi, infratuzilma, restoranlar, turoperator.
iqtisodiyot, xalqaro turizm, turizm industriyasi, mehmonxona, mehmonxona xo'jaligi, infratuzilma, restoranlar, turoperator.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
