
Insonning idrok etish quvvati his-tuyg‘udan boshlanib, aql bilan tugallanadi. Aql narsalar tarkibidan to‘plangan natijalar vositasida bilish ufqlarini benihoyat darajada kengaytiradi. Ammo payg‘ambarlar va maxsus malakaga ega bo‘lgan avliyolar nabiylikning muqaddas ruhi, deb atalgan fazilatga ega bo‘lib, uning vositasida “g‘aybdagi lavhlar, oxiratdagi hukmlar, osmonlar va zamindagi malakutlarning bir qismidan, hatto qisman rabboniy maʼrifatdan ham” ogoh bo‘ladilar. Kimki, bunday malakaga ega kishilar borligiga shubha bildirsa, uni sheʼr yoki musiqani eshitishdan bebahra odamga o‘xshatish mumkin bo‘ladi. Negaki, bunday kishilar sanʼatning ushbu qoliplarini idrok etishga qodir bo‘lmagan bo‘ladilar. Bundaylar loaqal shunday imkoniyat borligiga ishonishlari lozim.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
