
Annotatsiya. Ushbu maqolada rivojlanayotgan mamlakatlar soliq tizimida kuzatiladigan kamchiliklar va xatarlar, ularning oqibatlari ko'rib chiqiladi. Rivojlangan mamlakatlar soliq siyosati tarixi ko'rib chiqiladi. Ushbu moqolada ko'rsatgan yo'riqnoma orqali bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tayotgan mamlakatlar uchun soliq siyosati bo'yicha Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan kerakli maslahat va xulosalarni olishlari mumkin . Jumladan, ko'plab rivojlanayotgan mamlakatlarda shaxsiy daromad solig'i jami soliq tushumlariga juda kam hissa qo'shmoqda. Tarkibiy, siyosiy va ma'muriy jihatlardan tashqari, jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlarni xorijga investitsiya qilish qulayligi ham bu natijaga sezilarli hissa qo'shadi. Shu sababli, bu daromadga soliq solish rivojlanayotgan mamlakatlar uchun juda qiyin vazifadir. Bu, ayniqsa, moliyaviy kapitalni mamlakatda qolishini rag'batlantirish uchun moliyaviy daromadlarga soliq solishni to'xtatgan bir qancha Lotin Amerikasi mamlakatlarida muammoli bo'ldi. Aytib o'tilgan ziddiyatlarni oldini olish uchun ilmiy maqoladan kerakli ma'lumotlar olinadi. Kalit so'zlar. GIFT, iqtisodiyotga integratsiyalashuv,investitsiya subsidiyalari,Soliq imtiyozlari, Simmetriya tamoyili, stavkaning samarali progressivligi, iqtisodiyotga integratsiyalashuv.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
