
Ushbu maqola raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini tahlil qiladi. Iqtisodiyotni raqamli transformatsiya qilishning mohiyati o‘rganildi. Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha reyting tizimi hamda uni amalga oshirishning idoralararo mexanizmi yordamida respublika tarmoqlarini raqamli o‘zgartirishning joriy holati tahlili o‘tkazildi. Xorijiy davlatlar bilan raqamlashtirishning qiyosiy tahlili o‘tkazildi.
