
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida milliy g’ururni shakllantirish, shu bilan birgalikda bolalarni tarixiy-madaniy merosga hurmat va milliy iftixor ruhida tarbiyalashning ahamiyati va vazifalari ko’rsatib o’tilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashg’ulotlar davomida yoki bo’lmasa mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda, hattoki, ekskursiyalar, vertual sayohatlarni tashkil etish orqali ham tarixiy-madaniy merosimizni o’rgatishimiz mumkin.
